Futbol

Biznesmen Ronaldu!

274

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z Instagramida bitta reklamaga e’lon berish orqali 1,6 million dollar ishlab olishi ma’lum bo‘lmoqda.

VVS xabariga ko‘ra, portugaliyalik ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi marta yetakchiga aylanib olmoqda. U bu borada aktyor Dueyn Jonsonni (1,52 million dollar) va xonanda Ariana Grandeni (1,51 million dollar)ga ortda qoldirdi.

E’tiborlisi, Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ushbu ro‘yxatda yettinchi o‘rinda turadi – har bir post uchun Leo 1,1 million dollar daromad qiladi.

Avvalroq Ronaldu Instagramda birinchi bo‘lib 300 million obunachiga ega bo‘lgani haqida bergan edik.

Fikr bildirish