Boks/MMA

Bokschi Gabriel Rosado Bektemir Meliqo’zievni mag’lub etganidan so’ng, keyingi jangini Xayme Mungiaga qarshi o’tkazmoqchi.

868

Ushbu jang taklifini aynan Xayme Mungia bergan. Meksikalik Mungia sentyabr-oktyabr oylarida Gabriel Rosado bilan jang qilish niyatida ekanligini malum qilgan.

Gabriel Rosado esa bunga tayyorligini bildirdi va promouter Oskar De La Xoyyani ushbu jangni tashkil qilishga chorladi.

“Biz tayyormiz!!!”, -deb yozadi Rosado Xayme Mungianing taklifiga qarata.

Malumot uchun, Mungia o’rta vaznda, Rosado esa ikkinchi o’rta vazn toifasida o’z janglarini o’tkazadi. Mazkur to’qnashuv qaysi vazn toifasida o’tkazilishiga aniqlik kiritilmagan.

Fikr bildirish