Avstraliyalik tennischining bu qarorini delegaciya rahbari shunday izohladi:
“Eshli boshqa joyda yashaydi. Hamma avstraliyaliklar ham Olimpiya qishlog’idan qo’nim topmaydi. Agar ularga shu yaxshi bo’lsa, biz bunga monelik qilmaymiz. Biz Bartining Olimpiadada eng yuqori natija ko’rsatishini istaymiz. Eshli shuni xohlabdimi, marhamat, biz uning qarorini hurmat qilamiz”, – dedi Avstraliya sport delegaciyasi rahbari Ien CHesterman.