Futbol

«Chelsi»ning Rays uchun «tishi o‘tmayapti»

5

Londonning «Chelsi» klubi «Vest Xem»ga yarimhimoyachi Deklan Rays transferi bo‘yicha navbatdagi taklif bilan chiqdi. Bu haqda Britaniya matbuoti yozmoqda.

«Bolg‘achilar» Rays uchun 100 million funt miqdorida tovon puli talab qiladi. Ular «Chelsi» talab qilgan summaga rozi bo‘lmayapti. «Aristokratlar» inglizga 80 million taklif qilgan.

Katta e’timol, Deklan Rays 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha ham «Vest Xem» tarkibida qoladi.

Fikr bildirish