Boks/MMA

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.

565

Agar Pore chempionlik jangida CHarlz Oliveyrani mag’lubiyatga uchratsa, o’zining MMAdagi professional faoliyatini yakunlaydi. Bu haqida uning o’zi Daily Mail nashriga bergan intervyusida malum qildi.

“Faoliyatimning ilk davridayoq asosiy maqsadim chempionlik kamarini qo’lga kiritish, jahon chempioni bo’lish edi. Agar bu vazifani uddalasam, oktagonda qiladigan ishim qolmaydi. Katta ehtimol bilan Oliveyraga qarshi jangdan so’ng ketaman va faoliyatimni sous sotish bilan davom ettiraman”, – dedi Pore. 

Hali Oliveyraga qarshi chempionlik jangi rasman elon qilinmagan bo’lsa-da, Dastin raqibni o’rganish va jangga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborgan.

“Oliveyra xavfli jangchi. U engil vazn toifasi uchun bo’yi baland jangchi hisoblanadi. SHunisi ham raqiblarga qiyinchilik tug’diradi. Uning zarba texnikasi juda mukammal. O’ylashimcha, u ayni paytda UFC promoushenidagi eng kuchli djitser. CHarlz hujumni yaxshi ko’radi. Djiu-djitsudan himoya uchun emas, aynan hujum maqsadida foydalanadi. Eng muhimi, unda UFC`dagi ishtirok bo’yicha boy tajriba bor”, – dedi Pore.

Fikr bildirish