Futbol

Tokio-2020. Boks. Bahodir Jalolov finalda

62

Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yo‘l oldi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Freyzer Klarkka bilan o‘tgan o‘ta shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan jangda Jalolov o‘zining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi. 3-raund o‘tib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. O‘sha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni bo‘yicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yo‘l oldi.

Ushbu g‘alaba bilan barcha muxlislarni tabriklab qolamiz va finalda ham Jalolovdan g‘alaba kutib qolamiz. Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi Qozog‘iston va AQSH vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bo‘ladi.

Fikr bildirish