“PSJ” himoyachisi Serxio Ramos Parij klubining yangi futbolchisi Lionel Messini o‘z uyida qolishga taklif qildi. 10 avgust, seshanba kuni “PSJ” “Barselona” bilan shartnomasini yakunlagan 34 yoshli argentinalik futbolchining transferini e’lon qildi.
“Agar siz va oilangiz mehmonxonadan ko‘ra uyda yashashni afzal ko‘rsangiz, men bilan qolishingiz mumkin”, – deya so‘zlarini keltiradi AS Ramos.
Manba, shuningdek, Serxio Leoni juda hurmat qiladi va bundan oldin Ispaniyada raqib klublarda o‘ynagan bo‘lsada, endi uni maydonda himoya qiladi, deb qayd etadi.
“PSJ” hozirda Messiga yangi uy qidirmoqda, shuningdek, uning uchta o‘g‘li Tiago, Mateo va Siroga tegishli maktablarni qidirmoqda.