O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida Stokgolmda Shvesiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur bahsda tezkor gol urildi. 6 daqiqada terma jamoamiz a’zosi Abdulla Abdullayev o‘z darvozamizni ishg‘ol qilib qo‘ydi. 35 daqiqada esa Isaak darvozamizga ikkinchi golni kiritdi. Bahsning birinchi taymi 2:0 hisobidagi raqiblarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Teng kurashlar ostida kechgan ikkinchi bo‘limda esa har ikkala terma jamoa ketma-ket hujum uyushtirdi. 70 daqiqaga kelib esa Eldor Shomurodovning goli hisobni bittaga qisqartirishga yordam berdi va mazkur natija bahs oxirigacha o‘zgarmadi.
Shvesiya – O‘zbekiston 2:1
Gollar: Abdulla Abdullayev (avtogol) 6, 1:0, Isaak Kize Telin, 35, Eldor Shomurodov 70, 2:1
Shvesiya: Kristoffer Nordfeldt, Mattias Yoxansson, Markus Danielson, Yoakim Nilsson, Martin Olsson, Ken Sema, Mattias Svanberg, Yens Kayuste Yesper Karlsson, Isaak Kize Telin, Robin Kuayson