Futbol

SHveciya – O’zbekiston (2:1) xalqaro o’rtoqlik o’yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yanne Andersson o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

51



SHveciya – O'zbekiston (2:1) xalqaro o'rtoqlik o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yanne Andersson o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yanne Andersson: “SHomurodov juda kuchli hujumchi ekan”

Teglar : 
O’zbekistonYanne Andersson SHveciyaMatbuot anjumani
SHveciya – O’zbekiston (2:1) xalqaro o’rtoqlik o’yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yanne Andersson o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

"Aytish mumkinki, bugun maydonga yangi shakllanayotgan jamoa tushdi. Sababi futbol jamoaviy o’yin va unda barcha narsa bir-biriga bog’liq bo’lishi kerak. Himoyada ham, hujumda ham shunday. 

SHveciya – O'zbekiston (2:1) xalqaro o'rtoqlik o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yanne Andersson o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O’zbekistonga qarshi bahsni yaxshi boshladik va tezkor gol urishning uddasidan chiqdik. Keyin bir oz harakatni kamaytirdik. Odatda ikki turli divizionda o’ynaydigan shved klubi o’zaro to’qnash kelsa, ular o’rtasidagi asosiy farq tezlikda bo’ladi. Bugun ham shunday bo’ldi. Farq tezlikda bo’ldi. 

Ikkinchi taymda tezlikni yo’qotdik va sekinlashdik. Keyin o’yinni raqib nazorat qilishga urindi. Raqib qarshi hujumga o’tganida bizda jamoa yo’q edi, shunchaki futbolchilar bir-birini ortidan quvishdi", – dedi Yanne Andersson.

SHveciya – O'zbekiston (2:1) xalqaro o'rtoqlik o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yanne Andersson o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– O’zbekiston terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz? Qaysi o’yinchi sizda yaxshi taassurot qoldirdi?

– Umuman olganda, O’zbekiston juda yaxshi jamoa ekan. To’p bilan yaxshi harakat qildi. O’yinchilarga kelsak, darvozamizni ishg’ol qilgan hujumchi menda ajoyib taassurot qoldirdi. 14-raqamli o’yinchi (Eldor SHomurodov – championat.asia) juda kuchli hujumchi ekan. Men O’zbekiston termasi ustidan g’alaba qozonganimizdan mamnunman.

Fikr bildirish