Mungia-Rosado jangi rasman tasdiqlandi. Avvalroq, WBC Mungianing Derevyanchenkoga qarshi saralash uchrashuvini keyinga qoldirgani haqida xabar bergan edik. Rosado umidli bokschimiz Bektemir Meliqo’ziev ustidan g’alaba qozonganidan keyin meksikalikka “vyzov” tashladi. O’z navbatida Xayme unga rozilik javobini bergandi va yakunda tashkilot ham bu jangga rozilik berdi. Rosado – Mungia to’qnashuvi 13 noyabr kuni bo’lib o’tadi.
Amerikalik Meliqo’ziev bilan jangini “Yil nokauti” deya hisoblaydi va meksikalik bilan “Yil jangi”ni o’tkazmoqchi.
“Mening so’nggi jangim “Yil nokauti” bo’ldi va men bo’lajak to’qnashuvni “Yil jangi”ga aylantirishni rejalashtirmoqdaman”,- dedi Gabriel.
Malumot uchun, Bektemir Meliqo’ziev va Gabriel Rosado uchrashuvi Xayme Mungianing anderkardida bo’lib o’tgan edi. O’shanda Mungia Kamil SHermetani muddatidan avval mag’lub etgan.