Tennis

Dimitrov San Diego Open 1/8 finaliga yo’l oldi

38

Dunyoning 29-raketkasi bo’lib turgan Grigor Dimitrov musobaqadagi ishtirokini g’alaba bilan boshladi. Bolgariyalik raketka ustasi 129 daqiqa davom etgan uchrashuvda ATP reytingida 41-pog’onadan joy olgan vengriyalik Marton Fuchovichdan uch set natijasiga ko’ra ustun keldi – 6/3, 1/6, 7/5.

Bahs davomida 30 yoshli Grigor 2 ta, 29 yashar Marton esa 5 ta eys zarbani amalga oshirdi. Dimitrov tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisobni qisqartirdi – 1:2. Bolgariyalikning San Diego Open turniri nimchorak finaldagi raqibi kanadalik Feliks Oje bo’ladi.

Fikr bildirish