Futbol

Dele Alli va Gvardiolaning to‘ng‘ich qizi uchrashib yurishibdi (mi?)

220

«Tottenxem» yarimhimoyachisi Dele Alli «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning qizi bilan uchrashib yurganligi haqida Britaniya nashrlarida xabarlar tarqaldi. Sevishganlar hozircha o‘zaro munosabatlarini oshkor qilishmadi, lekin ular yana Londonning tumanlaridan birida uchrashishdi, deb xabar beradi Daily Mail nashri. May oyida Dele Alli va Mariya yolg‘iz uchrashishayotganda ko‘pchilik ko‘rib qolganligi aytilgan.

20 yoshli Mariya Xosep Gvardiolaning to‘ng‘ich qizi. Ispaniyalik murabbiyning yana 18 yoshli o‘g‘li va 13 yoshli qizi ham bor.

Dele Alli 2021/2022 yilgi mavsumda «Tottenxem» tarkibida 10ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda yarimhimoyachi ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish