Tennis

Indian Wells ATP Masters 1000. Istomindan kutilgan natija

63

Sovrin jamg’armasi 9 million 146 ming 125 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning saralash bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin ham o’z omadini sinab ko’rdi. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi Indian Wells ATP Masters 1000 musobaqasining ilk saralash bosqichidayoq mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. 

ATP reytingining 224-pog’onasidan joy olgan Istomin 81 daqiqa davom etgan bahsda 178-o’rinni egallab turgan amerikalik Ernesto Eskobedoga 3/6, 2/6 hisoblarida yutqazdi. Bu ikki tennischi o’zaro 2017 yilning 30 may kuni “Rolan Garros” turnirining 1/64 finalida ham to’qnash kelishgan bo’lib, o’shanda Denis raqibini 7/6(3), 6/3, 6/4 hisoblarida taslim etgan edi.

Fikr bildirish