Futbol

Professional, professionalizm so’zlarining manosini qaytada tushuntirib o’tirmoqchi emasman.

155



Professional, professionalizm so'zlarining manosini qaytada tushuntirib o'tirmoqchi emasman.

O’zbek futbolidagi professionalizm

Teglar : 
PFL O’zbekiston SuperligasiAGMKTuron
Professional, professionalizm so’zlarining manosini qaytada tushuntirib o’tirmoqchi emasman.

O’zbek futbolida, xususan, klublar ichida bu so’z shunday urfga aylanganki, deyarli barcha klublarda «professional» so’zi qo’shilgan. Hattoki klublar ishtirok etadigan musobaqa o’tkazadigan tashkilotning nomida ham bu so’z mavjud — Professional futbol ligasi.

Yakuniga etib borayotgan O’zbekiston Superligasining 21-turi uchrashuvlari o’tkazib bo’lindi. Ayni ushbu turdan o’rin olgan «Qizilqum» — «Turon» uchrashuvida qiziqarli holatga guvoh bo’ldik. Bu narsaga muxlislar qanchalik etibor qaratishdi, bilmadik, ammo chindan ham etiborga arzirli holat.

O’yin davomida yaypanliklar darvozasini qo’riqlagan Akmal Ortiqov 90 daqiqa davomida mashg’ulot formasida harakat qildi. Darvozabon kiygan futbolkaning orqasida na ism-familiya bor, na raqam.

Professional, professionalizm so'zlarining manosini qaytada tushuntirib o'tirmoqchi emasman.

Professional, professionalizm so'zlarining manosini qaytada tushuntirib o'tirmoqchi emasman.

Malumotlarga ko’ra, Akmal Ortiqovning formasi «Qizilqum» darvozaboni Ignatiy Nesterovniki bilan bir xil bo’lganini sabab o’yin oldidan uchrashuv komissari va hakamlar shunday qarorga kelishibdi.

O’yin oldidan futbolchilarning maydonda kiyadigan formasi kelishib olinish kerak. Bu holatni tasodifga ham yo’yish qiyin.

Ana endi Professional futbol ligasining "Musobaqalar o’tkazish reglamenti"ga nazar solamiz. Mazkur reglamentning 19-bobidagi musobaqa ishtirokchilarining liboslariga qo’yiladigan talablari ushbu holatda bajarilmagan.

SHuningdek, 13-bobdagi O’zPFL komissarining musobaqalardagi faoliyati to’g’risidagi 13.6-band ham bajarilmagan. Unga ko’ra: "O’zPFL komissari uchrashuvni mazkur Reglamentga muvofiq tashkil etish, xavfsiz o’tkazilishini nazorat qilish, xuquq-tartibot organlari, stadion va klublar rasmiylari, futbolchilar, tomoshabinlar harakatlarini baholash uchun masul hisoblanadi". Biroq reglment mazkur holatda buzilgan.

Ushbu turda bo’lib o’tgan poytaxtdagi «Bunyodkor» — AGMK o’yinida ham etiborga molik jihat bor.

O’yinning 89-daqiqasida AGMK safida Murod Toshmatovning o’rniga o’yinga qo’shilgan Nodir Abdurazzoqovning kiygan formasi boshqa jamoadoshlarinikidan farq qiladi. Buni quyidagi suratlar orqali bilib olish mumkin. Rang va dizayn jihatidan bir jamoaning ikki xil formasi mavjud.

Professional, professionalizm so'zlarining manosini qaytada tushuntirib o'tirmoqchi emasman.

Professional, professionalizm so'zlarining manosini qaytada tushuntirib o'tirmoqchi emasman.

Ushbu holatda ham reglament buzilyapti. Reglamentning 19-bobida musobaqa ishtirokchilarining liboslariga qo’yiladigan talablar ko’rsatilgan. 19.2-bandda futbolkaning o’ng engida O’zPFL logotipi, chap engida esa O’zPFL tomonidan taqdim etilgan musobaqa titul homiysining ramzi bo’lishi lozimligi aytilgan.

Quyidagi suratda esa ushbu belgi futbolchining formasida yo’qligini ko’rish mumkin.

Professional, professionalizm so'zlarining manosini qaytada tushuntirib o'tirmoqchi emasman.

O’zini hurmat qilgan tashkilot mazkur holatda jilla qursa klubga nisbatan ogohlantirish berib qo’yishi mumkin edi. Klublar esa o’zlariga yuklatilgan vazifani to’g’ri qilishsa ularga nisbatan etiroz ham bo’lmaydi. Axir klubda ham, tashkilotda ham professional so’zi shunchaki ko’zni quvontirish uchun yozib qo’yilmagan.

Professional, professionalizm so'zlarining manosini qaytada tushuntirib o'tirmoqchi emasman.
			Muallif : Og’abek Samisov

Fikr bildirish