Futbol

Buuuum! MYU “Real” to‘purarini APLga olib kelmoqchi

134

Joriy mavsumda “Real”da muvaffaqiyatli o‘ynab kelayotgan braziliyalik hujumchi Vinisius Junior “Manchester Yunayted” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. “El Nacional” nashri jurnalistlarining yozishicha, “qizil iblislar” futbolchi uchun “qirollik klubi”dagidan ko‘ra qulayroq shartnoma taklif qilmoqchi. 

Biroq madridliklar shartnomasi yana 2,5 yilga mo‘ljallangan futbolchini qo‘yib yuborishni istamasa kerak. Bundan tashqari, ispanlar kelishuvni uzaytirishga va unda avvalroq xabar qilinganidek, tovon puliga bir milliard yevro miqdoridagi bandni belgilashga tayyor.

La Liganing joriy mavsumida 21 yoshli hujumchi 13 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikr bildirish