Futbol

Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o’rin olgan uchrashuv yakunlandi.

18



Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

ECHL. “CHelsi” “Yuventus”ni tor-mor etib, guruh peshqadamiga aylandi

Teglar : 
CHelsiYuventus
Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o’rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"CHelsi" — "Yuventus" 4:0

Gol: 1:0 – 25 CHaloba, 2:0 – 55 Djeyms, 3:0 – 58 Xadson-Odoi.

"CHelsi" – Mendi, Jeyms, Tiago Silva, Ryudiger, CHaloba, CHiluell, Jorjino, Kante, Ziesh, Pulishich, Xadson-Odoi.

"Yuventus" – SHchensni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Rabo, Makkenni, Lokatelli, Bentankur, Kuadrado, Morata, Keza.

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "CHELSI" "YUVENTUS"DAN REVANSH OLDI HAMDA GURUH PESHQADAMIGA AYLANDI.

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Verner o’yinga nuqta qo’ydi. Endi hakam hushtagi ham shart emas.

90+3. Kinning zarbasi ko’ngildagidek chiqmadi.

90+2. Mendi vaqt cho’zishga urinmoqda yoki to’pni kimga oshirishni bilmayapti.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo’shib berildi.

87. SHchesni jamoani yana bir goldan asrab qoldi. Ziesh bilan birga-bir vaziyatda polshalik posbon mahoratini namoyish etdi.

84. "Yuventus" o’yinida ishonchsizlik ko’zga tashlanmoqda. "Zebralar" o’zgarishlar bilan ham buyog’iga nimanidir uddalashi qiyin masala.

80. "Yuventus"da ikki o’zgarish: Federiko Keza o’rniga Kulusevski, Kuadrado o’rniga Vinter safga qo’shildi.

79. Saulning o’yinga moslashishi qiyin kechmoqda.

77. "CHelsi"da yana bir o’zgarish: Jorjino o’rniga Saul o’yinga qo’shildi.

71. Aspilikueta CHiluell, Verner Pulishich o’rniga maydonga tushirildi.

69. CHiluell jarohat oldi va shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. 

67. "Yuve"da o’zgarishlar: Lokatelli o’rniga Artur maydonga tushdi. Morata o’rniga Kin o’yinga qo’shildi.

66. "Yuventus" tezkor qarshi hujumni sekinlashtirdi hamda Raboning noaniq pasidan so’ng to’pni oldirib qo’ydi.

64. Ziesh raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam bu penaltiga arzimasligini takidladi.

60. Dibala Bentankur o’rniga o’yinga qo’shildi.

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Ikkinchi goldan hali o’ziga kelmagan "Yuve" uchinchisini qabul qilib oldi. Bir necha paslardan so’ng to’p Xadson-Odoiga kelib tushdi va u darvozabon tashlangan nuqtadan qarama-qarshi tomonga zarba yo’llab, hisobni yiriklashtirdi.Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

56. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Jeyms jarima maydonida ko’kragi bilan to’pni to’g’rilab olib, kuchli zarba bilan oradagi farqni oshirdi.

53. Jemsning jarima zarbasidan so’ng Silva bosh bilan zarba yo’lladi, SHchesni qiyinchilik bilan to’pni egallab oldi.

50. Jeyms Raboning yuzini nishonga oldi. Mo’ljal aniq chiqdi, buning oqibatida franciyalik futbolchi maydonda yotibdi.

49. Odoi-Ziesh kombinaciyasi natijasida Odoi zarba yo’lladi, uni de Ligt bartaraf etdi.

48. Maydon markazida Aleks Sandro Jeymsga nisbatan qo’pol harakat qildi. 

47. Morataga nisbatan qo’pollik ishlatildi.

46. Ikkinchi bo’lim boshlandi.

Birinchi bo’lim yakunlandi.

45+2. Makkeni qulay vaziyatga chiqib bordi va to’pning o’rniga havoni tepdi, keyinchalik Bentankurning zarbasi noaniq chiqdi.

45. Birinchi bo’limga 2 daqiqa qo’shib berildi.

43. Pulishichning mohirona pasidan so’ng Odoi jarima maydonida ko’kragi bilan to’pni to’xtatgancha zarba yo’lladi, darvozabon yana italiyaliklar joniga oro kirdi.

42. Jeyms yana faollik namoyish etib, o’ng qanotdan uzatma amalga oshirdi, de Ligt to’pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

40. CHiluell chap qanotdan katta tezlikda oldinga bordi va Pulishichga pas berdi. Uzatma tezligi yuqoriligi bois Kristian to’pni o’ziga bo’ysindira olmadi.

38. Burchakdan uzatilgan to’pga Ryudiger bosh bilan zarba yo’lladi, biroz noaniq. "Yuve" himoyachilari ikkinchi qavatda raqibga ustunlikni berib qo’yishmoqda.

37. "CHelsi"da o’zgarish: Kante o’rniga Loftus-CHek maydonga tushdi.

Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

37. Jeyms o’ng qanotdan kuchli zarba yo’lladi, SHchesni o’z hisobiga seyv yozib qo’ydi.

34. Kante raqib jarima maydoni ichida zarba yo’llashga harakat qilib ko’rdi, himoyachilar bunga imkon bermadi.

32. Raboning xatosidan so’ng Pulishich ham xato bilan javob berdi, aks holda mezbonlarda qulay vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

28. Moratada juda qulay vaziyat yuzaga keldi, raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan ispan futbolchisi to’pni Mendi ustidan oshirib qo’ygandi, bo’sh darvozaga kirib ketayotgan to’pni Silva so’nggi pallada bartaraf etdi.

Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

25. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Burchakdan uzatilgan to’pni Ryudiger CHalobaga to’g’rilab berdi, himoyachi esa uni darvozaga joylab qo’ydi.Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

24. Jeyms to’g’ri darvozaga zarba yo’lladi, SHchesni o’z mahoratini namoyish etdi, futbolchining ikkinchi zarbasiga esa Morata boshi bilan darvozabonlik qilib yubordi.

23. Kuadrado Xadson-Odoini to’xtatib qolgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

21. Ziesh va Odoi bir-birlarini tushunishmadi, natijada hujum besamar yakunlandi.

20. Rabo maydon markazida Jeyms tomonidan to’xtatib qolindi.

19. Ryudiger bugun hujumda faol harakat qilmoqda. Himoyachi turinliklar darvozasi tomon ikkinchi bor zarba berdi.

18. "CHelsi" to’pni nazorat qilmoqda va vaziyat yaratishga harakat qilmoqda, "Yuventus" esa qarshi hujumni kutib himoyalanmoqda.

15. Mezbonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi. CHeluellning chap qanotdan jarima maydoniga oshirgan to’pidan so’ng SHchesni qiyinchilik bilan to’pni qaytardi.

11. "Yuve"da xavfli vaziyat yuzaga keldi. Kombinaciya natijasida Kuadrado oldinga bordi hamda markazga to’p uzatgandi. So’nggi lahzalarda Tiago Silva ikki oyoqlab to’pni tepib yubordi.  

9. Ziesh burchakdan uzatma amalga oshirdi, Kuadrado yana jonbozlik ko’rsatdi. Qaytadan amalga oshirilgan ijroga CHaloba bosh bilan zarba berdi, to’p darvoza to’sini yonidan o’tib ketdi.

7. Xadson-Odoi chap qanotdan oldinga yurish qilmoqchi edi, Kuadrado uni zararsizlantirdi.

Ayni damda guruhdagi vaziyat

Evropa CHempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

2. Zarba, zarba, zarba, sal qoldi "CHelsi" hisobni ochishiga. Kichkinagina Kante o’ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, markazga uzatma amalga oshirdi. Xadson-Odoining zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi, londonliklarning navbatdagi zarbasini ham turinliklar bir amallab bartaraf etishdi.

1. Uchrashuvni "CHelsi" futbolchilari boshlab berishdi.

Turinda o’tgan 1-tur bahsida "Yuventus" 1:0 hisobida g’alaba qozonganidan xabaringiz bor bo’lsa kerak. Bugun londonliklar o’z maydonida revansh olishga urinib ko’radi.

Bugungi uchrashuvni mezbonlar tarkibida Mateo Kovachich, mehmonlardan esa Mattia De SHilo, Jorjo Kellini, Danilo, Federiko Bernardeski va Aaron Remzi o’tkazib yuboradi.

Assalomu alaykum, uyqusiz tunlarni biz bilan baham ko’rayotgan futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat ichida qiziqarli futbol guvohi bo’lamiz.

Fikr bildirish