Futbol

Bugun Italiya chempionati 15-tur uchrashuvlari start oladi.

417



Bugun Italiya chempionati 15-tur uchrashuvlari start oladi.

Hafta o’rtasidagi bahslar: A Seriya 15-tur prevyusi

Teglar : 
Roma A SeriyaEldor SHomurodov
Bugun Italiya chempionati 15-tur uchrashuvlari start oladi.

"Atalanta" – "Veneciya" 

Duvan Sapata so’nggi bahslarda astoydil mehnat qildi va gollari bilan jamoasiga katta yordam berdi. Endi unga dam olish imkoniyatini berish vaqti kelgandek. Hujumning oldingi chizig’ida esa Luis Muriel harakat qiladi. Undan orqaroqda Ilichich va Pashalichni ko’rsak ajab emas. "Yuventus" bilan o’yinda bu ikki futbolchi zaxiradan maydonga tushirilgandi. SHuningdek, asosiy tarkibda Kompeynersni ko’rishimiz mumkin. "Veneciya" esa Ebyuxi va Maaenpa xizmatlaridan foydalana olmaydi. SHuningdek, Filoridinoning bu uchrashuvda ishtirok eta olish yoki olmasligi ham hozircha aniq emas. Himoya qanotida Mollinaroga ishonch bildiriladi, hujumda esa Forte. 

Bugun Italiya chempionati 15-tur uchrashuvlari start oladi.

So’nggi bor ushbu jamoalar 2004 yil o’zaro o’yin o’tkazishgan, o’shanda B Seriya doirasidagi bahsda "Veneciya" uyda g’alaba qozongan. Oradan yillar o’tib, vaziyat, jamoalarning holati biroz o’zgargan va endi "Atalanta" yaqqol favorit hisoblanmoqda. O’tgan turda "Yuventus"ni taslim etgan Gasperini shogirdlari yaxshi kayfiyatda, navbatdagi uch ochko uchun maydonga tushishadi. "Veneciya" esa qanchalik urinmasin, maydonda bunga to’sqinlik qilishi mushkul vazifa. 

"Bolonya" – "Roma" 

Bu bahsda Sinisha Mixaylovich qanchalar istamasin Di Silvestre xizmatlaridan foydalana olmaydi. Futbolchi mushaklari bilan bog’liq muammoga duch kelgan. SHuningdek, SHutenning maydonga tusha olishi so’roq ostida qolmoqda. Qolgan barcha safda va tarkibda jiddiy o’zgarishlar kutishga o’rin yo’q. Hujumda Barrou va Arnautovich juftligi raqib darvozasiga xavf soladi. "Bo’rilar" safida Pellegrinining yo’qligi Joze Mourino uchun yaxshigina bosh og’riq bo’ladi. Bu pallada Veretuning safga qaytishi rimliklarni ikki barobar xursand qilishi turgan gap. Kristante va Vilyar hamon jamoaga yordam bera olmaydi. SHuning uchun asosiy tarkibda Diavarani ko’rishimiz ehtimoli yuqori. Hujumda asosiy umid yaxshi formada bo’lib turgan Genrix Mxitaryandan. Jamoa ichidagi vaziyatni aniq bilmasakda, hamyurtimiz Eldor SHomurodov bu safar imkoniyatga ega bo’ladi va o’ziga ajratilgan daqiqalarda samarali harakatlari bilan jamoasiga yordam bera oladi deb ishonamiz. 

Bugun Italiya chempionati 15-tur uchrashuvlari start oladi.

Rimda o’tgan so’nggi bahsda "Roma" kichik hisobda (1-0) zafar quchgan. Bu safar o’yin "Bolonya" maydonida bo’lsada, favorit "jalorossi". Ha, "Roma" oxirgi vaqtlarda katta qiyinchilik bilan ochkolarni qo’lga kiritayotganiga etibor qaratish mumkin, ammo jamoa etakchilar guruhidan qolib ketmayapti va bu o’yinda ham 3 ochkodan umid qilsa bo’ladi. 

"Inter" – "Speciya" 

Bu kabi og’ir taqvim "Inter" uchun oson va oqibatlarsiz o’tishining deyarli iloji yo’q edi. Jarohat sabab himoyachilar Ranokkya va Darmian safdan chiqdi, yana bir qator futbolchilar sog’ bo’lsada, yaxshi sport formasida emas. Himoya markazida endi De Vreyning o’rniga yaqinda sog’aygan D`Ambrozio tushadi, o’ngda niderlandiyalik Dyumfrisni ko’rsak kerak. SHuningdek, Barella va Jekoga dam olish imkoniyati beriladi, asosiy tarkibda esa Korrea va Vidal o’yinni boshlaydi. "Speciya" tarkibiga Gyassi qaytadi, bu yangilik jamoa muxlislarini quvontirish aniq. Umuman olganda Tiago Motta o’zi ko’plab o’yinlar o’tkazgan maydonda muxlislar va mutaxassislarni nimalar bilan xayron qoldirishiga guvoh bo’lish qiziq, syurprizlar esa albatta bo’ladi. 

Oxirgi bor "Inter" "Speciya"ga qarshi bahsda kutilmaganda ochko yo’qotgandi (1-1). Bo’lajak bellashuvdan avval charchoq xavfi bo’lsada, "neradzurri" yaqqol favorit. Simone Indzagi jamoasi A Seriyada hammadan ko’p gol urmoqda va rotaciyaga qaramay, raqib himoyasiga etarlicha muammo tug’dira oladi. 

"Sassuolo" – "Napoli"   

Mezbonlar vakillari Boga va Jurichich davolanish bilan band, lekin Jeremini zaxira o’rindig’ida ko’rishimiz ehtimoli yuqori. Katta ehtimol Dionizi amalda kutilmagan qarorlar qabul qilmay, "Milan"ni "San-Siro"da qiyin vaziyatda qoldirgan tarkibni tushiradi. Spalletti "Lacio" ustidan qozonilgan ishonchli g’alabadan keyin aksincha tarkibda o’zgartirish qilsa ajab emas. Politanoni asosiy tarkibda ko’rsak ajab emas, yoki hech bo’lmasa zaxiradan o’yinga qo’shiladi. Sababi futbolchi jarohatidan forig’ bo’ldi. SHuningdek, maydon markazida Elmasga ishonch bildirilishi kutilmoqda.

Bugun Italiya chempionati 15-tur uchrashuvlari start oladi.

Jamoalarning so’nggi o’zaro to’qnashuvida murosasiz kurash gollarning ikkitasi qo’shib berilgan daqiqalarda urilgan va 3-3 hisobida yakunlangandi. Favorit barbir "Napoli", lekin neapolliklar ehtiyot bo’lishlari shart. "Sassuolo" raqib xatosini kechirmasligini ko’p bor ko’rsatib qo’ygan. 

"Salernitana" – "Yuventus"

Mezbonlar ustozi bu uchrashuvdan oldin bir nechta futbolchisidan ayrilishi mumkin. Rudjeri va Russo jamoadoshlariga yordam bera olmasligi aniq, Kulibali va Kastanosning o’yinda ishtirok etishi esa katta so’roq ostida. Hujumda bor umid Bonnacollidan. Allegri esa Keza xizmatlaridan foydalana olmaydi va chamasi italiyalik 2021 yilda boshqa maydonda ko’rmaymiz shekilli. Albatta bu turinliklar uchun katta yo’qotish. Asosiy tarkibda Bernardeskiga imkoniyat berilishi kutilmoqda, Morataning o’rnini esa Moyze Kin egallaydi va Dibala bilan tandem hosil qiladi. SHuningdek, zarur bo’lsa hujumkorlikni oshirish maqsadida Kulushevskidan foydalanish mumkin. 

Bugun Italiya chempionati 15-tur uchrashuvlari start oladi.

Oxirgi marta bu jamoalar o’tgan asrda ro’baro kelishgan. 1999 yil o’tgan o’sha bellashuvda "Salernitana" uyda zafar quchgan. Biroq 2021 yilga kelib favorit "Yuventus". "Keksa sinora" vaziyatiga havas qilib bo’lmaydi va jamoa alamini kimdan olishini bilmay yurgani aniq. Bu vaziyatda debyutantdan qulayroq raqib bo’lmasa kerak. 

Sergey Rumyancev

Fikr bildirish