“Bold.dk” nashri xabariga ko‘ra, Daniyaning “Longbi” klubi hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini A seriyada davom ettiradi. Futbolchi tez orada “Empoli”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, hozircha 17 yoshli hujumchi klubning yoshlar jamoasida mashg‘ulot o‘tkazadi va dam olish kunlarida asosiy tarkib bilan o‘rtoqlik uchrashuvida ham qatnashishi mumkin bo‘ladi. Saloh “Brondbyu” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi.
Joriy mavsumda “Empoli” Italiya chempionatida o‘n birinchi o‘rinni egallab turibdi. Hozirda klub hisobida 31 ochko bor.