Teglar : Al Vihdat NasafOCHL-2022
”Ajdarlar” ertaga OCHL 2-turida Iordaniyaning eng sovrindor jamoalaridan biri “Al Vihdat” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Bu jamoalar ham bir-biriga begona emaslar. Jamoalar 2011 yilda OFK Kubogi yarim finalida o’zaro ro’baro’ kelishgan. Qarshida bo’lib o’tgan bellashuvda “Ajdarlar” 1:0 hisobida g’alaba qozonishgan. Uchrashuvdagi yagona golga Jahongir Jiyamurodov mualliflik qilgan. Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo’lib o’tgan javob uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan. Ivan Boshkovich hisobni tenglashtirib "Nasaf"ni finalga olib chiqqan.
"Nasaf" ilk turda Qatarning "Al Sadd" klubi bilan 1:1 hisobida durang o’ynagandi. "Al Vihdat" ham Saudiya Arabistonining "Al Faysali" klubiga qarshi bahsni shu hisob bilan yakunladi. Iordaniya klubi safida Ahmed Samir gol muallifiga aylangandi.
“E” guruhi 2-tur “Nasaf” — “Al Vihdat” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan ertaga soat 22:15 da boshlanadi.
Kecha Ro’ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi:
Osiyo chempionlar ligasi, 2-tur "Nasaf" (O’zbekiston) – "Al Vihdat" (Iordaniya) 11 aprel 2022 yil. Dammam, "SHahzoda Muhammad Bin Fahd" stadioni. 22:15 (Toshkent vaqti)