Prevyu. “Nasaf” – “Al Vihdat”
Teglar :
Al Vihdat NasafOCHL-2022
”Ajdarlar” ertaga OCHL 2-turida Iordaniyaning eng sovrindor jamoalaridan biri “Al Vihdat” jamoasi bilan kuch sinashadi.
Bu jamoalar ham bir-biriga begona emaslar. Jamoalar 2011 yilda OFK Kubogi yarim finalida o’zaro ro’baro’ kelishgan. Qarshida bo’lib o’tgan bellashuvda “Ajdarlar” 1:0 hisobida g’alaba qozonishgan. Uchrashuvdagi yagona golga Jahongir Jiyamurodov mualliflik qilgan. Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo’lib o’tgan javob uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan. Ivan Boshkovich hisobni tenglashtirib "Nasaf"ni finalga olib chiqqan.
"Nasaf" ilk turda Qatarning "Al Sadd" klubi bilan 1:1 hisobida durang o’ynagandi. "Al Vihdat" ham Saudiya Arabistonining "Al Faysali" klubiga qarshi bahsni shu hisob bilan yakunladi. Iordaniya klubi safida Ahmed Samir gol muallifiga aylangandi.
“E” guruhi 2-tur “Nasaf” — “Al Vihdat” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan ertaga soat 22:15 da boshlanadi.
Kecha Ro’ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi:
"Al Vihdat" bosh murabbiyi ham kecha o’yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Al Vihdat" bosh murabbiyi: "Nasaf" evropacha usulda futbol o’ynaydi"
Osiyo chempionlar ligasi, 2-tur
"Nasaf" (O’zbekiston) – "Al Vihdat" (Iordaniya)
11 aprel 2022 yil. Dammam, "SHahzoda Muhammad Bin Fahd" stadioni. 22:15 (Toshkent vaqti)
Foto. OCHL. "Nasaf" "Al Vihdat"ga qarshi o’yinoldi rasmiy mashg’ulotni alo kayfiyatda o’tkazdi
Nasaf Qarshi Marko Stanojevic – 71′, Marko Stanojevic – 85′ |
AFC Champions League Grp. E . 2-tur 11/04/2022, 22:15 0 2 Tugadi |
Al-Wehdat
|
45′
90′
69′ Akmal Mozgovoy71′ Marko Stanojevic71′ Bakhrom Abdurakhimov71′ Ivan Soloveev (Sukhrob Nurulloev)71′ Sharof Mukhiddinov (Bakhrom Abdurakhimov)75′ Khusayin Norchaev (Semir Smajlagic)85′ Marko Stanojevic89′ Oybek Bozorov (Murodbek Rakhmatov)74′ Ahmed Nawaf Sariweh (Anas Hamad)80′ Munther Abu Amarah (Matias Castro)80′ Ahmed Samir (Fadi Awad)
Match-senterda ochish



