Futbol

Mbappe «Real» tuzog‘iga «chuv tushmadi»

343

Madridning «Real» klubi Kilian Mbappe bilan 2009 yilda Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolagani kabi bitimni tuzmoqchi edi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalikning transferi bo‘yicha muzokaralar chog‘ida notarial tasdiqlangan kelishuvda «MYU» Ronalduni 96 million yevroga sotishi, agar futbolchi yoki Madrid klubi bu kelishuvdan bosh tortsa, 30 million yevro miqdorida jarima to‘lashi aytilgan. 

Kilian Mbappening «PSJ»dan ketishiga ishonch hosil qilish uchun «Real» rahbariyati hujumchi bilan xuddi shunday shartnoma tuzmoqchi bo‘ldi, biroq fransuz uni imzolashdan bosh tortdi.

Joriy mavsumda Mbappe «PSJ» safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish