Ispaniyalik jurnalist Xosep Pedrerol “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “RB Leypsig”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinida ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Erling Xolandni nima uchun almashtirganini tushuntirdi.
Eslatib o‘tamiz, u maydonni tark etgunga qadar norvegiyalik nemis klubi darvozasiga 5 ta gol urgan edi. Chempionlar ligasida Xolanddan tashqari penta-trikni faqat ikki futbolchi – Luis Adriano va Lionel Messi amalga oshirdi.
“Gvardiola Messining rekordini saqlab qolish uchun Xolandni ataylab almashtirdi. Erling, Ispaniyaga ko‘chib o‘ting. Bu yerda siz yaxshiroq ish qila olasiz”, dedi Pedrerol El Chiringuito telekanalida.