Xokkey

JCH-2022. 1/4 final juftliklari malum

564

Guruh bosqichi yakunlariga ko’ra SHveycariya va Finlyandiya terma jamoalari o’z guruhlarida birinchi o’rinni egallab, 1/4 final bosqichiga yo’l olishdi. Bu ikki terma jamoasi yarim final chiptasi uchun mos ravishda AQSH va Slovakiyaga qarshi muzga chiqadi. 

SHubhasiz, chorak finalning markaziy uchrashuvida Kanada va SHveciya terma jamoalari o’zaro to’qnash kelishadi. To’rtinchi juftlikda esa muxlislar Germaniya – CHexiya uchrashuviga guvoh bo’lishadi.   

JCH-2022. 1/4 final juftliklari

SHveycariya – AQSH

Germaniya – CHexiya

Kanada – SHveciya

Finlyandiya – Slovakiya

1/4 final uchrashuvlari 26 may kuni bo’lib o’tadi.

Fikr bildirish