Futbol

AGMK futbol klubining rahbar lavozimlarida o’zgarish yuz berdi.

29



AGMK futbol klubining rahbar lavozimlarida o'zgarish yuz berdi.

AGMK futbol klubi rahbariyatida o’zgarish

Teglar : 
Bahodir MirzaevAGMK
AGMK futbol klubining rahbar lavozimlarida o’zgarish yuz berdi.

"Unga ko’ra, AGMK futbol klubi Bosh direktori lavozimiga Bahodir Abdusattarovich Mirzaev tayinlandi.

Klubning texnik direktori sifatida Muhtor Murodovich Qurbonov faoliyatini davom ettirsa, Murodjon Boqievich Aliev klubning sport direktori sifatida ishlaydigan bo’ldi", – deb xabar beradi AGMK matbuot xizmati.

"Futbolga bundan 20 yil oldin muxlis sifatida kirib kelgandim. Ortda qolgan yillar davomida klublarning matbuot xizmatidan boshlab, futbol tizimining deyarli barcha bo’limlarida faoliyat yuritdim. Bugun rahbariyat ishonch bildirib, bosh direktor lavozimiga loyiq ko’rdi.

Bo’lajak mavsumda AGMKning oldiga juda katta maqsadlar qo’yilgan. Biz futbol maydonida qo’lga kiritiladigan natijalardan tashqari, klub tizimidagi ishlar bilan ham boshqalarga o’rnak bo’lishga harakat qilamiz" – deya Mirzaevning so’zlarini keltirdi PFL matbuot xizmati.

Fikr bildirish