Tennis

Aleksandr Zverevning Monte-Karlodagi yurishi davom etadi

330

Jahonning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverev turnirning ikkinchi davrasida ATR reytingida 34-o’rinni egallab turgan argentinalik Federiko Delbonisni 6/1, 7/5 hisobida mag’lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi.

Uchrashuv 1 soatu 27 daqiqa davom etdi. Ushbu vaqt davomida Aleksandr to’rtta eys zarbasini amalga oshirib, bir marta to’pni o’yinga kiritishda xatoga yo’l qo’ydi va olti marta breykdan unumli foydalandi. Federiko esa ikkita eys, beshta qo’sh xato, ikkita breyk qayd etdi. O’zaro uchrashuvlarda germaniyalik tennischi 3:0 hisobida oldinda bormoqda.

Rolex Monte-Carlo Masters musobaqasining 1/8 finalida Zverev ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi bahs olib boradi. 

Fikr bildirish