Tennis

Amaldagi US Open vice-chempioni 1/8 finalga yo’l oldi

38

Germaniyalik tennischi 2 daqiqasi kam 2 soat davom etgan uchinchi davra uchrashuvida ATP reytingida 184-pog’onada borayotgan amerikalik Jek Sokni 3/6, 6/2, 6/3, 2/1 hisoblarida mag’lub etdi. 

Bahs davomida 24 yoshli Zverev 16 ta, 28 yashar Sok esa 11 ta eys zarbani amalga oshirgan. Zverev ushbu g’alabasi bilan o’zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini ham tikladi – 2:2. Endi US Open turnirining amaldagi vice-chempioni 1/8 finalda italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish