Bosh sahifaBoks/MMAAmerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson promoushenning engil vazndagi sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovning javobiga munosabat bildirdi.
Avvalroq, rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Fergyusonning The Ultimate Fighter (TUF) realiti-shousida ishtirok etishi bo’yicha chaqiruviga ijobiy javob qaytargandi. Xabib o’z o’rnida Toniga Eagle Fight Club platformasiga taklif qilgan edi.
“Sen endi menga ishlaysan. Darvoqe, menga 200 000 dollar qarz ekaningni unutmagandirsan? Qochishda davom etishing mumkin”, — deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Nurmagomedovga murojaat qilgan Fergyuson.