Saytda yangi

Tennis

Fomin o’zidan 520 pog’ona yuqoridagi raqibini engdi

521

Musobaqada istedodli tennischimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Hamyurtimiz ilk davrada reytingda o’zidan 460 pog’ona yuqorida borayotgan rossiyalik Alibek Kachmazovni 6/1 7/6 hisobida mag’lub etib, 1/8 finalga yo’l olgandi. 

Fomin hozirgina yakuniga etgan nimchorak final bahsida yana bir reytingi yuqori tennischi, germaniyalik Sebastyan Fanzelovni 6/3, 6/3 hisobida taslim etib, chorak finalga yo’l oldi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Sergeyning chorak finaldagi raqibi turnirning 4-raketkasi, dunyo reytingida 285-pog’onadan joy olib turgan yaponiyalik Kaichi Uchida bo’ladi.      

Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 838, Fanzelov esa 318-o’rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz bu g’alabasi bilan Denis Istomin uchun revansh oldi. Sebastyan kecha 1/16 final uchrashuvida aynan mamlakatimizning birinchi raketkasini ortiqcha qiyinchiliksiz mag’lub (6/1, 6/4) etgan edi. 

Fikr bildirish