Yakkalikdagi hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik Andrey Rublyov greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqadi. Agar u bugun bosh sovrinni qo’lga kiritsa, u holda ertaga elon qilinadigan yangi reytingda o’z faoliyatida ilk bor dunyoning oltinchi raketkasiga aylanadi.
Rublyov yarim finaldagi g’alabasidan so’ng shveycariyalik afsona Rojer Federerni ortda qoldirib, reytingda ettinchi pog’onaga ko’tarildi. Bugungi finaldan so’ng tennischilardan biri o’zaro uchrashuvlar hisobida oldinga o’tib oladi. Hozircha hisob – 3:3.