Tennis

Anett Kontaveyt Ostrava Open g’olibasi + FOTO

189

WTA reytingida 30-pog’onadan joy olgan Anett Kontaveyt J&T Banka Ostrava Open turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 12-raketkasi bo’lib turgan greciyalik Mariya Sakkarini 6/2, 7/5 hisoblarida mag’lubiyatga uchratdi.

To’qson besh daqiqa davom etgan bahsda Anett 2 ta, 3 ta breykni amalga oshirdi,  qo’shxatoga yo’l qo’ymadi. Biroz kutilmagan mag’lubiyatni qabul qilib olgan Mariya esa 3 ta eys zarbasini ijro etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida hamon Sakkari oldinda – 6:5!

Ostrava turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kontaveyt 68,570 dollar mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi uchinchi sovrin bo’ldi. Anett bugun elon qilinadigan yangilangan reytingda dunyoning 23-raketkasiga aylanib oladi. Sakkari esa Top-10`da debyut qiladi. 

Anett Kontaveyt Ostrava Open g'olibasi + FOTO

Anett Kontaveyt Ostrava Open g'olibasi + FOTO

Fikr bildirish