Futbol

Angliya chempionati 28-turidan o’rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

165



Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

APL. “Liverpul” – “Vest Xem” 1:0 (matnli translyaciya)

Teglar : 
LiverpulAPLVest Xem
Angliya chempionati 28-turidan o’rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

APL. "Liverpul" – "Vest Xem" 1:0

Gollar: Sadio Mane 27'

"Liverpul": 1. Alisson, 66. Trent Aleksander-Arnold, 5. Ibraima Konate, 4. Virdjil van Deyk, 26. Endryu Robertson, 14. Djordan Xenderson, 8. Nabi Keyta (7. Djeyms Milner 90'), 3. Fabino, 10. Sadio Mane, 23. Luis Dias, 11. Moxamed Salax (20. Diogu Jota 79').

Zaxira: 62. Kuivin Kellexer, 12. Djo Gomes, 15. Aleks Oksleyd-CHemberlen, 17. Kertis Djons, 18. Takumi Minamino, 27. Divok Origi, 67. Xarvi Elliot.

"Vest Xem": 1. Lukash Fabianskiy, 31. Ben Djonson, 15. Kreyg Douson, 4. Kurt Zuma, 3. Aaron Kressuell, 28. Tomash Souchek, 8. Pablo Fornals, 20. Djerrod Bouen (22. Benraxma Moxamed Said 53'), 10. Manuel Lansini, 11. Nikola Vlashich (16. Mark Nobl 61'), 9. Maykl Antonio. 

Zaxira: 13. Alfons Areolya, 23. Issa Diop, 24. Rayan Frederiks, 26. Artur Masuaku, 33. Aleks Kral, 51. Daniel CHesters, 40. Armstrong Oko-Flex.

Ogohlantirishlar: Kreyg Douson 32', Diogu Jota 89'

Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Liverpool

Sadio Mane – 27′

Premier League . 28-tur

05/03/2022, 22:30

0
:

1

2-bo’lim

Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

West Ham United

Stadion: Anfield

Bosh hakam: Jonathan Moss

Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin. 
			Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin. 
			45′
90′
27′  Sadio Mane27′  Trent Alexander-Arnold79′  Mohamed Salah (Diogo Jota)89′  Diogo Jota90′  Naby Keita (James Milner)32′  Craig Dawson53′  Jarrod Bowen (Said Benrahma)61′  Nikola Vlasic (Mark Noble)
Match-senterda ochish

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo’shib berildi.

89. "Liverpul" tezkor qarshi hujumga o’tgandi, biroq Jotaning jarima maydonchasiga uzatgan to’pni himoyachilar qaytarib yubordi.

80. XAVFLI VAZIYAT! Antonio o’ng qanotdan katta tezlikda jarima maydonchasi tomon kirib keldi, biroq u zarba berolmadi, Nabi Keyta to’pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

78. Salah darvozagacha bo’lgan 4 metrlik masofadan gol urolmadi.

75. Luis Diasdan xavfli zarba, ammo birozgina noaniq!

73. Uchrashuv tempini yuqori deb bo’lmaydi. Har ikki jamoa hujumlar uyushtirishga harakat qilyapti, ammo hozircha ular xavfli ko’rinishga aylanmayapti.

72. Manening darvoza tomon yo’llagan ikki zarbasi ham himoyachilarga tegib qaytdi. 

70. XAVFLI VAZIYAT! Lansini darvozaga 5 metr masofada zarba berdi, ammo uning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

66. Endi darvozaga zarba yo’llash navbati Salahga – uning zarbasini Fabianskiy ushlab oldi.

64. Luis Diasning darvoza tomon aylantirib yo’llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi. 

Malumot uchun, ushbu uchrashuvda Nike kompaniyasining yangi to’plaridan foydalanilmoqda. 

Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

56. Ikkinchi bo’lim xotirjamlik bilan o’tmoqda.

52. Djerrod Bouen jarohat olib maydonni tark etdi. 

50. Trent Aleksander-Arnold darvoza tomon havolatib yo’llagan zarbasi sekin bo’ldi va uni darvozabon ushlab oldi.

48. van Deyk raqib bilan elkama-elka kurashda xatoga yo’l qo’ydi, Djerrod Bouen to’pni o’ziga to’g’rilay olmadi, Robertson to’pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo’lim boshlandi.

45+1. Birinchi bo’lim yakuniga etdi.

45. Birinchi bo’limga 1 daqiqa vaqt qo’shib berildi.

44. Salahning darvoza tomon bergan zarbasi darvoza to’sinining anchagina ustidan o’tib ketdi.

43. Antonioning darvozaga yo’llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

39. XAVFLI VAZIYAT! Pablo Fornals darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, to’pni Alissonning ustidan oshirib qo’ymoqchi bo’ldi, ammo darvoza chizig’idan Trent Aleksander-Arnold to’pni qaytarib yubordi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumdan ham naf chiqmadi.

38. XAVFLI VAZIYAT! Trent "Vest Xem" jarima maydonchasi ichida to’pni markazroqqa uzatdi, hujumchilardan birining yo’llagan zarbasi o’xshamadi, himoyachilar to’pni chiziqdan qaytarib yuborishdi.

33. Trent Aleksander-Arnoldning jarima zarbasidan yo’llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

31. Luis Dias barchadan o’zib ketib jarima maydonchasi tomon yurdi, uni esa raqib futbolchilari yiqitishdi. 

28. Gol hisobga olindi, o’yin qoidasi buzilmagan. 

28. Gol o’yindan tashqari holatdan urilgan bo’lishi mumkinligi VAR orqali ko’rib chiqilmoqda.  

Trent Aleksander-Arnold darvoza tomon to’pni yo’lladi, yuzaga kelgan palapartishlikdan Mane to’pni darvozaga to’g’rilab yubordi va gol urdi. 

Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sadio Mane hisobni ochdi!

22. Konatening darvoza tomon erlatib bergan zarbasini Alisson qaytardi.

20. Sadio Manening chamasi 23 metrlardan yo’llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

14. Maykl Antonio to’pni o’ziga moslashtirib olib darvoza tomon kuchli zarba berdi, Alisson esa to’pni mushtlari bilan urib yubordi. 

10. Uchrashuvning 10 daqiqasi ortda qoldi. O’yinga qarab bilish mumkinmi, asosiy ustunlik mezbonlarda, mehmonlar esa qarshi hujum taktikasida o’ynamoqda.   

4. "Liverpul" dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni o’z qo’liga oldi. Burchakdan uzatilgan to’pni van Deyk tovoni bilan darvozaga yo’naltirdi, ammo zarba noaniq ketdi. 

2. XAVFLI VAZIYAT! Salah darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketib zarba berdi, ammo Lukash Fabianskiy ajoyib seyv ko’rsatib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

1. O’yin boshlandi!

Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

"Enfild" uzra muxlislar ijrosida You'll Never Walk Alone qo’shig’i yangramoqda. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

– Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Fikr bildirish