Futbol

Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

358



Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

“CHo’kayotgan kanonirlar” – “Arsenal”da eng ko’p maoshni kim oladi?

Teglar : 
Arsenal APL Per-Emerik Obameyang
Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

Ayni kunlarda "Tumanli Albion" haqida gap ketsa, "Arsenal"ga alohida to’xtalishga majbur bo’lyapmiz. Darhaqiqat, London klubining bugungi ahvoli nihoyatda achinarli. "To’pchilar" APLni tark etish uchun asosiy davogarlardan biri bo’lib turibdi. Klub mavsum oxirida CHempionshipga "cho’kib" ketsa ham, birov ajablanmaydi.

Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

Ammo "Arsenal"ning  tarkibi, transfer va futbolchilarning maoshi uchun sarflanayotgan pullar jamoaning hozirgi o’rniga mutanosib emas. Londonliklar yozgi transfer oynasida barchadan ko’proq chiqim qilib, yangi nomlarni xarid qilishdi.

futbolchi yosh …dan transfer narxi
Ben Uayt  23 "Brayton" £52.65m
Martin Edegor  22 "Real" £31.50m
Aaron Remsdeyl  23 "SHeffild" £25.20m
Takexiro Tomiyasu  22 "Bolon"ya £16.74m
Alber-Mboyo Lokonga  21 "Anderlext" £15.75m
Nunu Tavaresh  21 "Benfika" £7.20m

"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang naqafat klubda, balki "Tumanli Albion"da ham eng ko’m maosh to’lanadigan futbolchilardan biri hisoblanadi — haftasiga 350 ming funt sterling. Malumot uchun, yiliga 17 mln funtga yaqin maosh oladigan gabonlik forvard o’tgan mavsumda jamoa libosida 15 ta gol urdi xolos.

Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

Transfer huquqi "Real"dan xarid qilingan Martin Edegor esa maoshining miqdori bo’yicha 4-o’rinda turadi."Arsenal" tarkibida faqat Obameyang, Parti va Lyakazett norvegiyalik yarim himoyachidan ko’proq ishlab topadi. (To’liq ro’yxat bilan quyida tanishing)

Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

futbolchi amplua yosh yillik maosh haftalik maosh
Per-Emerik Obameyang hujumchi 32 £16,800,000 £350,000
Tomas Parti yarim h. 28 £13,000,000 £220,000
Aleksandr Lyakazett hujumchi 30 £9,360,000 £180,000
Benrnd Leno darvozabon 29 £5,200,000 £100,000
Granit Jaka yarim h. 28 £6,100,000 £140,000
Ben Uayt himoyachi 23 £4,680,000 £110,000
Alber-Mboyo Lokonga yarim h. 21 £2,600,000 £50,000
Kelum CHembers himoyachi 25 £2,600,000 £50,000
Ensli Meyntlend-Naylz yarim h. 23 £1,820,000 £35,000
Rob Xolding himoyachi 24 £1,300,000 £25,000
Muhammad El-Nenni yarim h. 29 £2,500,000 £50,000
Gabriel Martinelli hujumchi 20 £1,700,000 £30,000
Nikolya Pepe hujumchi 26 £5,200,000 £100,000
Bukayo Saka hujumchi 19 £1,670,000 £30,000
Emil Smit-Rou yarim h. 21 £1,370,000 £30,000
Kiran Tirni himoyachi 24 £4,200,000 £70,000
Gabriel Mangalyaes himoyachi 23 £2,600,000 £50,000
Martin Edegor yarim h. 22 £6,100,000 £120,000
Aaron Remsdeyl darvozabon 23 £1,820,000 £35,000

Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

P.s. Venger faoliyatining oxirgi yillarida (jamoa kuchli uchlikda yurgan paytlar) natijadan qoniqmay, franciyalik mutaxassisning ketishi uchun namoyish o’tkazgan "Arsenal" muxlislari kech bo’lsa-da xatolarini anglab etishdi. Hozir o’sha voqealar haqida hujjatli film olinsa, fonga o’zbekcha musiqa qo’yilsa kerak:

Xo’rlayvermang, mening ham uvolim bor.

Bir kuni izimni izlab qolasiz

Qadrim o’tganida, ey holi abgor

Ortimdan mung’ayib yig’lab qolasiz:)

Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi.

O’zbek futboli malikalari (1-qism)

Angliya Premer-ligasida uchta tur ortda qoldi. 
			Muallif : PippoGOAL

Fikr bildirish