Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida Bellator chempioni amerikalik Serjio Pettis ushbu kamarning sobiq sohibi, yaponiyalik Kyodzi Xoriguchiga qarshi oktagonga ko’tarildi. Bu Serjioning ilk himoya jangi edi.
Jangning to’rtinchi raundida Pettis Xoriguchini nokautga uchratdi va kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Pettis shu yilning may oyida amerikalik Xuan Archuletani hakamlar qaroriga ko’ra ochkolar hisobida mag’lub etib, Bellator chempioniga aylangandi.