Futbol

PSJ 7 nafar futbolchisiga chiqish eshigini ko‘rsatmoqchi

29

PSJ qishki transfer oynasida bir qator futbolchilar bilan xayrlashmoqchi va shu orqali ortiqcha futbolchilarga maosh to‘lash muammosidan qutilishni mo‘ljallamoqda. Jurnalist Sebastyan Denisning tvitterdagi sahifasida xabar berishicha, Liga 1 grandi “qora ro‘yxat”ga quyidagi futbolchilarni kiritgan: Serxio Riko, Tilo Kerer, Abdu Diallo, Mauro Ikardi, Rafinya, Leven Kurzava, Leandro Paredes. 

PSJ Fransiya chempionatida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchisi “Marsel”dan 12 ochkoga ilgarilab ketgan.

PSJning navbatdagi tur uchrashuvi 4 dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Maurisio Pochettino jamoasi mehmonda “Lans”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Fikr bildirish