Kanada terma jamoasi guruh bosqichidan o’rin olgan uchrashuvda Buyuk Britaniya tennischilaridan 2:1 hisobida ustun keldi. Ilk yakkalik bahsida kanadalik Denis SHapovalov Deniel Evansga yutqazdi – 4/6, 4/6.
Ikkinchi uchrashuvda Feliks Oje Kemeron Norrini mag’lub etib, muvozanatni tikladi – 7/6(4), 6/3. Hal qiluvchi juftliklar bahsida esa Oje va SHapovalov hamkorligi Jeymi Marrrey hamda Jo Selisberini engishga muvaffaq bo’ldi – 6/4, 6/1.