Bugun musobaqaning ikkinchi haftasiga belgilangan bosqich uchrashuvlari ham kutilmagan natijalar bilan boshlandi. Simona Xalepdan so’ng belgiyalik Elize Mertens ham musobaqa bilan xayrlashdi.
WTA reytingida 26-o’rinni egallab turgan Mertens o’zidan to’rt pog’ona pastda borayotgan amerikalik Daniel Kollinzga 6/4, 4/6, 4/6 hisobida yutqazib qo’ydi.
Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda 28 yoshli Kollinz 1 ta, 26 yashar Mertens esa 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 1:1. Kollinz Australian Open turniri chorak finalida franciyalik Alize Kornega qarshi bahs olib boradi.