Tennis

Australian Open. Sobolenko 100-raketkaga qarshi bahsda irodali g’alabaga erishdi

49

Biroz avval dunyoning ikkinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko musobaqaning ikkinchi davra uchrashuvida WTA reytingida roppa-rosa 100-pog’onadan joy olgan xitoylik Sin YU Vanni qiyinchilik bilan mag’lubiyatga uchratdi.  

Birinchi setni 1/6 hisobida boy bergan belaruslik tennischi keyingi setlarni o’z foydasiga hal qilishgi muvaffaq bo’ldi – 6/4, 6/2. Besh daqiqasi kam ikki soat davom etgan uchrashuvda 23 yoshli Sobolenko ham, 20 yashar Van ham 5 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. 

Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi Arina musobaqaning uchinchi bosqichida chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish