Tezkor! Arveladze yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga keldi
Teglar : Xall SitiSHota Arveladze PaxtakorPaxtakor
Avvalroq, “Paxtakor” sobiq ustozi SHota Arveladze faoliyatini “tumanli Albion”da davom ettirishga yaqinligi haqida xabar bergandik.
“Championat.asia” manbasiga ko’ra, Arveladze “Xall Siti” bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga uchib keldi. 48 yoshli mutaxassis yangi jamoasi bilan 1,5 yillik bitim bo’yicha kelishuvga erishgan. Bitim bandlarida shartnomani yana bir yilga uzaytirish sharti ham bor. Kun davomida esa klub uni rasman ommaga tanishtiradi.
“Xall Siti” CHempionship joriy mavsumida 27 o’yin o’tkazib, 29 ochko to’plagan holda 19-o’rinda bormoqda.