«L’Esportiu de Catalunya» nashri xabariga ko‘ra, «Barselona» klubi va Daniya terma jamoasi hujumchisi Martin Breytueyt yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» futbolchini sotib yubormoqchi. Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar Martinni taxminan 10-15 million yevro atrofidagi narxga sotib yubormqchi.
Breytueytning Yevro-2020 musobaqasidagi o‘yinidan so‘ng, Yevropa ko‘plab klublari qiziqish bildirgani ta’kidlangan.
O‘tgan mavsumda daniyalik «Barsa» safida La Ligada 29ta o‘yin o‘tkazib, 2ta goli o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.