Futbol

«Barselona» bu futbolchi bilan ortiq hisoblashmaydi

152

Ispaniya nashrlari xabariga ko‘ra, «Barselona» hujumchi Memfis Depay bilan ortiq hisoblashmaydi.

Ispaniyalik ekspertlarning fikricha, agar «ko‘k-anorranglilar» Depay uchun yaxshi taklif olsa, uni sotib yuborishga qarshi emas.

Kataloniya klubining joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lishiga qaramay, Depay asosiy tarkibda doimiy o‘rin egallay olmadi. Bundan tashqari, «Barselona» yozgi transfer oynasida top darajadagi boshqa futbolchilarni xarid qilmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Depay La Ligada 21 o‘yin o‘tkazib, 10 gol va 2 golga assistentlik qildi.

Fikr bildirish