Futbol

«Bavariya» «Barselona»ni «chuv tushurdi»

153

«Ayaks» himoyachisi Nusser Mazraui «Bavariya» bilan dastlabki shartnoma imzolashga tayyor, deya xabar beradi jurnalist Kristian Falk.

Oldinroq «Barselona» ham himoyachiga shartnoma taklif qilgani, biroq kataloniyaliklar futbolchi uchun atigi 5 million yevro maosh to‘lay olishi xabar qilingandi. Holbuki, «Bavariya» futbolchiga deyarli ikki barobar ko‘proq pul to‘lashga tayyor.

2021/22 yilgi mavsumda Mazraui «Ayaks» tarkibida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 24 yoshli marokashlik futbolchining Gollandiya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Fikr bildirish