Futbol

Birovning ustidan kulmagin zinhor…Vengriya bosh murabbiyi «o‘lim» guruhi gigantlarini trol qildi

214

Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi Krishtianu Ronaldu, Klian Mbappe va Manuel Noyerlarni trol qildi.

Xabaringiz bor, Portugaliya, Fransiya va Germaniya terma jamoalari turnirning 1/8 final bosqichida yutkazib, Yevro-2020ni kutilganidan ertaroq tark etishdi. Vengerlar ushbu jamoalarga qarshi guruh bosqichida kurash olib borishdi va juda yaxshi taassurot qoldirishdi.

– Tez orada sohilda ko‘rishguncha! – deb yozadi Marko o‘z instagram sahifasida va plyajda chamadonlar bilan turgan futbolchilarning yasama suratini keltiradi.

Rossi bu bilan «o‘lim» guruhidagi gigantlarning pley offning ilk bosqichidayoq qoqilishini qattiq trol qilmoqchi bo‘ldi.

Yevro guruh bosqichida vengerlar sensasion tarzda fransuzlar va nemislardan ochko tortib olishdi va hatto pley-offga chiqishga yaqin kelishgan edi.

Fikr bildirish