«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z Instagramida bitta reklamaga e’lon berish orqali 1,6 million dollar ishlab olishi ma’lum bo‘lmoqda.
VVS xabariga ko‘ra, portugaliyalik ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi marta yetakchiga aylanib olmoqda. U bu borada aktyor Dueyn Jonsonni (1,52 million dollar) va xonanda Ariana Grandeni (1,51 million dollar)ga ortda qoldirdi.
E’tiborlisi, Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ushbu ro‘yxatda yettinchi o‘rinda turadi – har bir post uchun Leo 1,1 million dollar daromad qiladi.
Avvalroq Ronaldu Instagramda birinchi bo‘lib 300 million obunachiga ega bo‘lgani haqida bergan edik.