Futbol

Bugun 2021 yilgi OFK kubogi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo’lib o’tdi.

37



Bugun 2021 yilgi OFK kubogi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

OFK kubogi-2021. “Nasaf” “Ahal”ni yutsa keyingi bosqichda kimlar bilan o’ynashi malum

Teglar : 
NasafOFK Kubogi-2021
Bugun 2021 yilgi OFK kubogi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unga ko’ra "Nasaf" klubi 25 avgust kuni Turkmanistonning "Ahal" klubini Qarshida mag’lub etsa Inter zonal yarim finaliga chiqadi va bu bahs ham Qarshida o’tadi.

Bu bosqichda "Ajdarlar"ga Janubiy mintaqa yani "D" guruhi g’olibi raqib bo’ladi. Bu guruhda qaysi jamoalar borligi quyida yozilgan.

"Nasaf" bu bosqichda ham zafar quchsa Inter zonal finalga chiqadi va yana o’z maydonida o’ynaydi. Raqib Gonkongning "Li Man" klubi bo’ladi.

Ro’ziqul Berdiev shogirdlari bu o’yinda ham g’olib bo’lishsa OFK kubogi finaliga chiqishadi. Finalga G’arb mintaqasidagi to’rtta klubdan biri chiqadi.


G’ARBIY MINTAQA
20 sentyabr

"Al Muharraq" (Bahrayn) – "Al Ahad" (Livan)

21 sentyabr
"Al Kuvayt" (Kuvayt) – "Al Salt" (Iordaniya)

MARKAZIY MINTAQA
25 avgust

"Nasaf" (O’zbekiston) – "Ahal" (Turkmaniston)

JANUBIY MINTAQA
"Mohun Bagan" (Hindiston)
"Bashundxara Kings" (Bangladesh)
"Maziya" (Maldiv orollari)
"Bengaluru" (Hindiston) yoki "Igls" (Maldiv orollari)

——

G’ARBIY MINTAQA FINALI
"Al Muharraq" – "Al Ahad" g’olibi – "Al Kuvayt" – "Al Salt" g’olibi

INTER ZONAL YARIM FINAL
"Nasaf" – "Ahal" g’olibi – Janubiy mintaqa guruh bosqichi g’olibi

INTER ZONAL FINAL
Inter zonal yarim final g’olibi – "Li Man" (Gongkong)

OFK KUBOGI-2021 FINALI
G’arbiy mintaqa finali g’olibi – Inter zonal final g’olibi

Bugun 2021 yilgi OFK kubogi pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Fikr bildirish