Futbol

Bugun JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raund 7-tur uchrashuvlari bo’lib o’tadi.

39



Bugun JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raund 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Osiyo katta futbol qaytmoqda. Bugun JCH saralash bahslari bor

Teglar : 
OsiyoJCH saralash
Bugun JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raund 7-tur uchrashuvlari bo’lib o’tadi.

Dastlab Toshkent vaqti bilan soat 14:10da Avstraliya – Vetnam bahsiga start beriladi. Mazkur bahs Melburn shahrida o’tkaziladi. Guruh jadvalida Saudiya Arabistoni 16 ochko bilan peshqadamlik qilyapti va bu jamoa deyarli jahon chempionatiga chiqib bo’ldi. Keyingi o’rinni 12 ochko bilan Yaponiya egallab turibdi va yaponlar bu turni uyda Xitoyga qarshi o’tkazishadi.

"B" guruhi. 7-tur

14:10. Avstraliya – Vetnam

15:00. Yaponiya – Xitoy

22:15. Saudiya Arabistoni – Ummon

Bugun JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raund 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

"A" guruhida peshqadamlik qilayotgan Eron terma jamoasi ham 16 ochko to’plagan. Forslar 5 bor g’alaba qozonib, bitta durang qayd etishdi. Eron bugun o’z maydonida Iroq bilan kuch sinashadi va g’alaba qozonsa, JCH yo’llanmasiga ega chiqadi. Ikkinchi o’rinda borayotgan Janubiy Koreya 14 ochko to’plagan bo’lsa, uchinchi o’rindagi BAA hisobida 6 ochko bor. Ko’rinib turibdiki, bu guruhdan Eron va Janubiy Koreya JCH yo’llanmasini qo’lga kiritadi. 

"A" guruhi. 7-tur

17:00. Livan – Janubiy Koreya

19:30. Eron – Iroq

20:00. BAA – Suriya

Bugun JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raund 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Fikr bildirish