Futbol

Bugun orziqib kutilgan Evropa chempionati-2020 start oladi.

31



Bugun orziqib kutilgan Evropa chempionati-2020 start oladi.

Evro-2020. Turkiya – Italiya o’yinigacha…

Teglar : 
Italiya terma jamoasiTurkiya terma jamoasiEvro-2020
Bugun orziqib kutilgan Evropa chempionati-2020 start oladi.

Evro-2020 haqidagi barcha yangiliklar va qiziqarli faktlarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

11:15 – Etiboringizga shu vaqtgacha o’tkazilgan barcha 15ta Evropa chempionatining ochilish uchrashuvlarining natijalarini havola qilamiz.

00:15 –  Ushbu turnirda ham futbolchilar o’yin startini beruvchi hushtakdan oldin tizzada o’tirishlari kerak bo’ladi. Ammo bunda shotlandiyaliklar qatnashmaydi. Xabarlarga ko’ra, mamlakat fuqarolari ushbu akciyadan hech qanday mano yo’q deb hisoblashgan va ularning xohishiga ko’ra ushbu qarorga kelingan.

Bugun orziqib kutilgan Evropa chempionati-2020 start oladi.

10 iyun:

23:31 – Uels – SHveycariya o’yinini Kleman Tyurpen (Franciya), Daniya – Finlyandiya o’yinini Entoni Teylor (Angliya) va Belgiya – Rossiya bahsini Antonio Mateu Laos (Ispaniya) brigadasi boshqarib boradi.

22:14 – Superliga va Pro-liga klublari matbuot kotiblari Evro-2020 haqida o’z fikrlarini bildirishdi.

21:45 – Belgiya terma jamoasi: musobaqa qaydnomasidan o’rin olgan futbolchilar 42 ming evrodan olishi kafolatlangan. Guruhdan chiqish – 90 ming evro. CHorak final 170 ming, yarim finalga yo’l olgani uchun har bir o’yinchi 290 ming evro oladi. Final – 370 ming evro. Musobaqa g’olibligi uchun esa terma azolariga 435 ming evrodan vada qilingan.

19:48 – Evropa chempionati o’tkaziladigan 11ta stadion haqida malumot.

15:55 –  Futbol bo’yicha dastlabki Evropa chempionati (Evropa millatlari kubogi) – o’shanda Evropa terma jamoalari o’rtasidagi norasmiy chempionat sifatida tarixga kirgan. Turnirning final qismi 4 ta jamoa ishtirokida Franciyada bo’lib o’tgan. Parijdagi finalda Yugoslaviyani qo’shimcha vaqtlarda 2:1 hisobida mag’lub etgan Sobiq Ittifoq terma jamoasi ilk chempionga aylangan.

15:40 – Evro-2020 starti arafasida Superliga murabbiylaridan ajoyib bahs-munozara bilan tanishing.

13:34 – Afsuski, ushbu musobaqani jarohat sabab Ansu Fati, Virjil van Deyk, Serxio Ramos va Mark-Andre ter SHtegen kabi mashhur futbolchilar o’tkazib yuborishadi. Evroni o’tkazib yuboradigan eng mashhur futbolchilar ishtirokidagi ramziy jamoa bilan tanishing.

Bugun orziqib kutilgan Evropa chempionati-2020 start oladi.

12:56 – Bugungi Turkiya – Italiya o’yini haqidagi eng qiziqarli faktlar bilan tanishtiramiz. Bu jamoalar Evropa chempionatida ikkinchi bor to’qnash kelishadi. Ilk to’qnashuv 2000 yilda sodir bo’lgan. O’shanda Dino Zoff boshchiligidagi italyanlar Mustafo Denizli boshchiligidagi turklarni 2:1 hisobida taslim qilishgan, bundan tashqari bu jamoalarga aloqador boshqa bir nechta faktlar bilan tanishishingiz mumkin.

12:01 – Evrodagi eng qimmat futbolchi Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappedir, uning transfermarkt'dagi bahosi 160 million evroga teng. Kuchli o’nlik bilan ham tanishishingiz mumkin.

11:26 –  Turkiya hamda Italiya termalari ishtirokidagi uchrashuvni niderlandiyalik Danni Makkelli boshqarib boradi. U oldinroq, Ronalduning toza golini hisobga olmagani bilan tanilgandi.

9 iyun:

21:27 – Bugun boshlanadigan Evro bizga qanday kashfiyotlarni taqdim etadi. Biz ularni taxmin qilib ko’rdik.

19:54 – Super kompyuter barchani hayron qoldirdi. Uning taxmini ko’ra, musobaqa g’olibi CHexiya bo’ladi, bu ham etmaganidek, ular final daniyaliklarni taslim etishar ekan.

Bugun orziqib kutilgan Evropa chempionati-2020 start oladi.

15:40 – Championat.asia va olamsport sayti xodimlari ushbu musobaqa uchun o’z taxminlari bilan o’rtoqlashishdi.

8 iyun:

22:08 – "Ular shunchaki favorit emas, super-favorit. "Favorit " so’zi ham etarli emas. Franciya jahon chempionligini qo’lga kiritdi", – Arsen Venger.

6 iyun:

22:02 – Evro-2020 murabbiylari qancha maosh olishadi? Birinchi o’rinda Yoaxim Lyov (to’liq ro’yxat).

Fikr bildirish