Futbol

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichiga qura tashlanadi.

178



Bugun Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichiga qura tashlanadi.

Bugun OCHL va OFK Kubogi guruh bosqichiga qura tashlanadi

Teglar : 
Nasaf PaxtakorOFK KubogiOCHL-2022
Bugun Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichiga qura tashlanadi.

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o’tkaziladi.

SHuningdek, bugun OFK kubogining guruh bosqichiga ham qura tashlash rejalashtirilgan. Mazkur marosim soat 13:00 da start oladi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Superligasining amaldagi g’olibi “Paxtakor” to’g’ridan-to’g’ri guruh bosqichida qatnashadi. “Nasaf” esa 15 mart kuni pley-offda “Baniyas”ga qarshi o’ynaydi. Malumot uchun, "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga chiqa olsa Jizzaxning "So’g’diyona" klubi OFK kubogi guruh bosqichida qatnashadi. Agar "ajdarlar" "Baniyas" to’sig’idan o’ta olishmasa Qarshi klubining o’zi OFK kubogida ishtirok etadi.

Qurani quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

Osiyo chempionlar ligasi

OFK Kubogi

Fikr bildirish