Futbol

Bugun saytimiz ijodkori Faxriddin Ro’ziev muallifligida navbatdagi maqola elon qilindi:

111



Bugun saytimiz ijodkori Faxriddin Ro'ziev muallifligida navbatdagi maqola elon qilindi:

“Nasaf” egasiz qolgan – SHahboz Beg’amov

Teglar : 
Nasaf Ro’ziqul BerdievSergey KucherenkoSHahboz Beg’amov
Bugun saytimiz ijodkori Faxriddin Ro’ziev muallifligida navbatdagi maqola elon qilindi:

"Nasaf" cho’kmayapti — CHO’KTIRILYAPTI! Aybdorlar kema ichida

Bu futbol jamoatchiligi orasida o’ziga xos muhokamalarga sabab bo’ldi. Kimlardir maqolada keltirilgan bazi malumotlarning to’g’riligiga shubha qilmoqda. SHu tufayli "Nasaf" klubiga yaqin bo’lgan shaxslardan munosabat olishni boshladik. Dastlabki suhbatdoshimiz AGMK klubi matbuot kotibi, saytimizning "Tezkor studiya" loyihasi muallifi SHahboz Beg’amov bo’ladi.

Malumot uchun, SHahboz Qarshida tug’ilgan, Qashqadaryo futboli bilimdonlaridan hisoblanadi. SHuningdek, u malum muddat "Nasaf"da ham faoliyat yuritgan.

Bugun saytimiz ijodkori Faxriddin Ro'ziev muallifligida navbatdagi maqola elon qilindi:

"Bevosita "Nasaf" haqida gapiradigan bo’lsam, ancha avval paydo bo’lgan "jarohat yiringlab ketgan" va endi o’z asoratlarini ko’rsatyapti. Hozir boshqa joyda ishlayotgan bo’lsam ham, haligacha "Nasaf" borasida ko’plab malumot va murojaatlar kelib turadi. Rosti, Qarshidagi voqealardan 100% xabardorman.

Hozirgi holatdan xulosa shuki, kimdir istefoga chiqishi kerak. Berdiev va Kucherenko o’rtasidagi ziddiyat shu darajaga etib keldiki, endi ular 1 joyda ishlay olishmaydi. Klub prezidenti va Sergey Petrovich o’rtasidagi munosabatlar zo’r. Ular Berdievning ketishini istashmoqda.

Ro’ziqul aka yaxshi ishlayapti, klubni doimiy ravishda yuqorida olib yuribdi. Bundan tashqari, uning o’zbek futbolidagi obro’si va muxlislar mehri bor. SHu tufayli rahbariyat Berdievni to’g’ridan to’g’ri bo’shatib yuborishga qodir emas. Bu fakt. Ular murabbiyning o’zi ketishini kutishyapti.

O’z navbatida Berdiev ham bir necha bor Kucherenko bilan birga ishlay olmasligini takidladi. U bosh menejerning ketishini istaydi. 

Xulosa shuki, ayni paytda kimdir istefoga chiqishi shart. Holat o’zgarmaydigan bo’lsa, bundan faqat va faqat "Nasaf" yutqazaveradi. Jamoa yuqori o’rinni olsa, licenziyalash bilan bog’liq muammo paydo bo’ladi, tashkiliy masalalarda kamchiliklar bo’laveradi. Menimcha, bu shunchaki tasodif emas. Qandaydir suniy holatgayam o’xshayapti. CHunki tomonlar bir-birining xatosini kutib yashayapti.

Janjal bo’lgan uydan 40 kun fayz ko’tariladi, deyishadi. "Nasaf"da ham hozir shunday holat. 

Bevosita istefo masalasiga fikr bildiraman. Muxlislar tomonidan qarasak, Berdiev qolishi va ishlashda davom etishi kerak. Ammo rahbariyat Kucherenkoga ishonch bildirishda davom etmoqchi. Klub prezidenti Sergey Petrovichning siyosatidan to’liq qoniqish hosil qilyapti.

Bu muammolar o’z-o’zidan paydo bo’lib qolgani yo’q. Ayni paytda klubni egasi yo’q desak ham bo’ladi. Jamoa alohida lagerga ajralib qolgan, rahbariyat alohida. Bu juda jiddiy holat. Klub prezidenti aniq bir qarorga kelolmayapti yoki buni oshkor qilmayapti. U aniq bayonot berib, 1 kishini tanlashi kerak. Lekin hozircha jimlik. Faqat voqeadan aziyat chekayotgan tomon bazi-bazida ovoz chiqarib qo’ymoqda.

Xullas, kimdir ketishi aniq. Ko’pchilik Berdiev qolsin, deydi. Ammo yakuniy qarorni qabul qiladigan tomon bu fikrda emas. SHu tufayli bu juda qiziq jarayon bo’ladi", — deydi Beg’amov

Fikr bildirish