Bosh sovrin biroz kutilmaganda WTA reytingida 165-pog’onadan joy olib turgan avstraliyalik Astra SHarmaga nasib etdi. Yashil qita vakilasi 5 daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda dunyoning 27-raketkasi, tunislik Ons Jaberni taslim etdi – 2/6, 7/5, 6/1.
Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. 25 yoshli SHarma CHarlstondagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 280 ochko hamda 29,200 dollar ishlab oldi.