Kecha Bekobodda "Metallurg" jamoasi "Dinamo"ni qabul qildi. Uchrashuvda samarqandliklar hisobni ochishdi, shundan so’ng mehmonlar bir kishi kam bo’lib qolishdi. Luisma Ernandes shogirdlari bosh hakam tomonidan qo’shib berilgan 8 daqiqada ikkita to’p kiritib g’alabani raqibdan ilib ketishdi.